Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiyadan gipertovushli raketa sinovi: "Nishon muvaffaqiyatli urildi"

Rossiyadan gipertovushli raketa sinovi: "Nishon muvaffaqiyatli urildi"

Kecha Rossiya o‘zining "Zirkon" gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini e’lon qildi.

Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, oxirgi ikki hafta ichida o‘tkazilgan ikkinchi sinovda raketaning Oq dengizdagi Admiral Gorshkov jangovar kemasidan otilgani va 400 km uzoqlikdagi nishonni urganligi ta’kidlandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq Zirkonni o‘z mamlakatining yangi avlod "betakror" qurol tizimlarining bir qismi deb ta’riflagan.

Tovushdan 5 barobar tezroq harakatlanadigan Zirkon soatiga taxminan 6200 kilometr tezlikda harakatlana oladi va 400 kilogramm og‘irlikdagi jangovar kallakni olib yuradi.

Vazirlik tomonidan e’lon qilingan qisqa videoda raketa tungi osmonni nur chaqnashi bilan yoritganini ko‘rish mumkin.

Yaqinda AQSH, Rossiya va Xitoy kabi davlatlar gipertovushli raketa sinovlarini o‘tkazganliklarini e’lon qilishdi.

Kiritildi: 04:30 30.11.2021. O'qildi: 3578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!