Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston orqali Vatanimizga qaytishlari mumkinmi?

Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston orqali Vatanimizga qaytishlari mumkinmi?

Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va ommabop messenjerlarda Rossiya Federasiyasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi chegara ochilgani hamda Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston hududi orqali Vatanimizga qaytishlari mumkinligi haqidagi yolg‘on xabarlar tarqalmoqda.

Bundan tashqari, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan ayrim shaxslar Rossiya-Qozog‘iston chegarasiga odamlarni yetkazib qo‘yish va chegarani kesib o‘tishda «yordam berish»ni va’da qilib turli e’lonlar tarqatmoqdalar.  

Elchixona vatandoshlarimizdan bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonmasliklarini so‘rab qoladi. Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘istonda joriy qilingan karantin choralari, shu jumladan mamlakatlarga kirish bo‘yicha cheklovlar o‘z kuchida qolmoqda.  

Afsuski, shu kunlarda Samara viloyatidagi Bolshaya Chernigovka qishlog‘i, Orenburg viloyatidagi Buzuluk tumani va Sol-Iletsk shahrida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yana to‘planishi kuzatilmoqda. Ularning ko‘pchiligi, yolg‘on xabarlarga ishonib, Rossiyaning turli hudularidan kelgan va Qozog‘iston orqali Vatanimizga qaytish istaginini bildirmoqda.

Koronavirus infeksiyasi pandemiyasi tarqalayotgan bir paytda fuqalorning bir joyda to‘planishi ularning virus bilan kasallanish ehtimolini keskin oshiradi. Bunday holat ayniqsa qariyalar, kasallar, doimiy kasalligi bor fuqarolar uchun nihoyatda xavflidir.

Yana bir bor, Rossiya hududidagi vatandoshlarimizdan turli yolg‘on xabarlar va mish-mishlarga ishonmasliklarini, Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegara punktlariga borishga urinmaslik, hozirgi yashash joylarida qolib, karantin choralariga qat’iy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga zid ma’lumotlarni tarqatish uchun javobgarlik belgilanagan. Xususan, mazkur ma’lumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoki OAV, shuningdek Internet orqali tarqatish bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan (44 mln 600 ming so‘mdan) 400 baravarigacha (89 mln 200 ming so‘m) miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki  3 yilgacha ozodlikni cheklash yohud ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bundan tashqari, Rossiya Federasiyasi qonunchiligiga binoan, og‘ir oqibatlarga olib keladigan bila turib yolg‘on ma’lumotni tarqatish 300 mingdan 2 million rublgacha jarima hamda uch yildan besh yilgacha qamoq bilan jazolanadi.

Kiritildi: 14:57 05.07.2020. O'qildi: 3054 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!