Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyadagi qurilishda reydga tushgan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berildi

Rossiyadagi qurilishda reydga tushgan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berildi

Rossiyaning Voronej shahridagi qurilishda 45 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Voronej polisiyasi tarqatgan videoda miltiq bilan qurollangan xavfsizlik kuchlari migrantlar guruhini saf tortgan holda olib kelayotgani ask etgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, videoda aks etgan holat 7 iyun kuni Voronej shahridagi “RazvitiYE” qurilish hududida yuz bergan. Reyd tadbiri o‘tkazilgan ushbu qurilish hududida 45 nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lib, ularning 12 nafari norasmiy ishlagan.

Norasmiy ishlaganlarning 11 nafariga nisbatan patent muddati o‘tib ketgani sababli jarima shaklida ma’muriy javobgarlik qo‘llanilib, shu kunning o‘zida vaqtincha yashash joyiga ruxsat berilgan va yana bir nafari esa hech qanday hujjatlarsiz ishlagani sababli hozirda mamlakat hududidan deportasiya qilinmoqda.

“Shu o‘rinda, Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizdan mahalliy qonun-qoidalarga rioya qilish hamda migrasiya qonunchiligini buzmaslik so‘raladi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Kiritildi: 16:37 23.06.2024. O'qildi: 1813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!