Rossiyaning YouTube videoxosting auditoriyasining oylik qamrovi iyun oyida mamlakat aholisining 78,5 foizini tashkil etdi, deya xabar beradi agentlik Mediascope tadqiqotiga tayanib.
Qayd etilishicha, oylik auditoriyaning o‘sishi Ukraina bilan keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri kuzatilgan: deyarli ikki yarim yil ichida u 5 foizdan ko‘proqqa o‘sgan.
WhatsApp auditoriyasi ham sezilarli darajada oshdi: agar urush boshlanishiga ikki oy qolganda undan rossiyaliklarning 68,7 foizi foydalansa, hozir messenjer auditoriyasi deyarli 80 foizni tashkil etadi.