Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiyada Xalqaro jinoiy sud sudyalari va prokuroriga sirtdan hukm chiqarildi

A A A
Rossiyada Xalqaro jinoiy sud sudyalari va prokuroriga sirtdan hukm chiqarildi

Bu haqda The Insider xabar bermoqda.

Nashrning xabar berishicha, Moskva shahar sudi sudyasi Andrey Suvorov Xalqaro jinoiy sud (XJS) raisi Pyotr Yuzef Xofmanskiy, uning uch o‘rinbosariga, shuningdek, XJS prokurori Karim Xonga nisbatan sirtqi hukm chiqardi.

Rossiya sudi ularni aybsiz shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish, noqonuniy hibsga olish, shuningdek, xalqaro himoyaga ega shaxslarga qarshi hujum tayyorlash orqali urushni qo‘zg‘atish yoki xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishda aybdor deb topgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, XJS sudyalariga 3,5 yildan 15 yilgacha, prokurorga esa 15 yil qamoq jazosi tayinlangan.

Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot reliziga ko‘ra, Rossiya sudi aniqlagan ma’lumotlarda 2022 yil fevral–mart oylarida XJS prokurori Karim Xon rossiyalik fuqarolarni noqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortgan, sud prezidiumi esa sud palatasi sudyalariga ularni hibsga olish orderi chiqarishni buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil mart oyida Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Vladimir Putin va mamlakatning bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan hibsga olish orderi chiqargan edi.

Kiritildi: 21:36 12.12.2025. O'qildi: 788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!