Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. U Ukraina maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilgan

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. U Ukraina maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilgan

FSB Bryansk viloyatida Ukraina huquq-tartibot organlari bilan xamkorlik qiluvchi O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Uning yonidan yashirin tarzda foto, video va audio yozib oluvchi maxsus vositalar va narkotik moddalar topilgan.

Ayblanuvchining o‘zi giyohvand modda ta’sirida bo‘lgan — u giyohvand moddani "Jasurlik uchun" qabul qilganligini tan oldi.

Ayblanuvchining aytishicha, Ukraina maxsus xizmati topshirig‘iga ko‘ra, u Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, rus jinoiy guruhlari ishonchiga kirishi kerak bo‘lgan. Ukraina maxsus xizmati kriminal shaxslarni aynan shu tariqa qo‘lga olishni rejalashtirgan. Ammo nimadir noto‘g‘ri ketib, hech kim qo‘lga olinmagan, vaholanki o‘zbekistonlik bu vaqtda chegarani kesib o‘tib bo‘lgan edi.

FSB operasiyaning muvaffaqiyatsizligiga asosiy sabab sifatida Ukraina maxsus xizmatdagilar ushbu kelishuvni o‘zaro muvofiqlashtirmaganini keltirmoqda.

Ukraina tomoni qo‘lga olingan shaxsni qaytarishni so‘ragan.

Kiritildi: 20:00 24.09.2021. O'qildi: 3029 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!