Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiyada "Sputnik V" vaksinasi bilan emlangan to‘rt kishi vafot etdi

Rossiyada "Sputnik V" vaksinasi bilan emlangan to‘rt kishi vafot etdi

Rossiyada oxirgi haftalarda "Sputnik V" vaksinasi bilan emlangan to‘rt kishi vafot etdi. Bu haqda EUobserver onlayn-nashri xabar berdi, deb yozadi DW.

Qayd etilishicha, jurnalistlar Rospotrebnadzorning "Sputnik V" vaksinasi bilan emlangandan so‘ng yana olti kishida nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelgani to‘g‘risidagi ichki hujjatlari bilan tanishishga muvaffaq bo‘lishgani haqida aytishgan.

Xabarda aytilishicha, vafot etganlar 51, 69 va 74 yoshli ayollar bo‘lgan. Jurnalistlar to‘rtinchi bemorning shaxsini aniqlay olishmagan. Bemorlarning o‘limiga yurak, o‘pka va qondagi qand miqdori sabab bo‘lgan. Hujjatlarda "Sputnik V" vaksinasi va o‘lim sabablari orasidagi bog‘liqlik borasida ma’lumot berilmagan.

Gamaleya nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining katta virusologi Denis Logunov bu xabarni tasdiqladi.

"Bu ish bo‘yicha ma’lumot so‘radim va javob oldim. Bu yolg‘on xabar emas. Ish o‘rganib chiqilgan. Emlashga aloqador hech narsa aniqlanmagan", - dedi Logunov 51 yoshli ayolning o‘limi haqida.

Gamaleya nomidagi markaz rahbari Aleksandr Ginsburg esa "Sputnik V" vaksinasi hech qanday jiddiy nojo‘ya ta’sir keltirib chiqarmasligini aytdi.

Rossiya 29 yanvarda Yevropa dori vositalari agentligiga "Sputnik V" vaksinasidan Yevroittifoqda foydalanish uchun uni ro‘yxatga olishga ariza bergandi. 8 aprel kuni Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Yens Shpan agarda Yevropada vaksina ma’qullansa, Germaniya Rossiya vaksinasini sotib olishga tayyorligini aytdi.

Kiritildi: 10:49 10.04.2021. O'qildi: 2438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!