Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiyada Samsung smartfonlari sotuvi ta’qiqlandi

Rossiyada Samsung smartfonlari sotuvi  ta’qiqlandi

Moskva Arbitraj sudi Samsung Pay servisi tufayli Rossiya hududida Samsung'ning 60 dan oshiq smartfoni sotuvini ta’qiqladi. Sudning bu hukmi Shveysariyaning Sqwin SA kompaniyasi talabi bo‘yicha amalga oshirildi. Shveysariya kompaniyasining e’tiroziga ko‘ra, servis ularning elektron to‘lovlar tizimi bo‘yicha patentini buzadi.

Sud hukmiga ko‘ra, Samsung Electronics Co Ltd. va rus distribyutori bo‘lmish "Samsung Elektroniks Rus Kompani"ga Samsung Galaxy Z Flip, Samsung Galaxy Fold, Samsung Galaxy S21 va boshqa yangi modellarni mamlakatga kiritish hamda realizasiya qilish ularda Samsung Pay servisi o‘rnatilgani uchun ta’qiqlanadi.

Kiritildi: 14:16 21.10.2021. O'qildi: 5767 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!