Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyada prezidentlik saylovi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

A A A
Rossiyada prezidentlik saylovi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Saylov 2024 yil 17 martga belgilangan. Markaziy saylov komissiyasi rahbari Pamfilovaning aniqlik kiritishicha, 8 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi uch kun – 15, 16 va 17 mart kunlari Rossiya Prezidenti saylovlarida ovoz berish bo‘yicha qaror loyihasini ko‘rib chiqadi.

Rossiya Federasiyasi Kengashi yalpi majlisida mamlakatda prezidentlik saylovini 2024 yil 17 martga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi, u rasmiy e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Qaror bir ovozdan qabul qilindi. Unga 162 senator ovoz berdi.

Federasiya Kengashining Konstitusiyaviy qonunchilik va davlat qurilishi qo‘mitasi rahbari Andrey Klishasning TASS'ga aytishicha, Federasiya Kengashi qarorining kuchga kirishi aslida saylov kampaniyasini boshlaydi. Bundan tashqari, senatorning aniqlik kiritishicha, Rossiya Markaziy saylov komissiyasi saylovni tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilingan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmay ko‘p kunlik ovoz berishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Bunday qaror qayta ko‘rib chiqilmaydi.

Saylov qonunchiligiga ko‘ra, saylov sanasi to‘g‘risidagi qaror Federasiya Kengashi tomonidan qabul qilinadi. Parlamentning yuqori palatasi ovoz berish sanasini saylov kuniga 100 kundan kechiktirmay va kamida 90 kun qolganda belgilaydi.

Kiritildi: 15:40 07.12.2023. O'qildi: 2608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!