Rossiyaning Ulyanovsk viloyatida poyezd relsdan chiqib ketishi oqibatida jarohatlanganlar soni 23 kishiga yetdi.
Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Jarohatlanganlar orasida to‘rt bola bor. Ko‘pchilik o‘rtacha va yengil jarohatlar olgan.
Voqea joyiga qutqaruv poyezdi yetib keldi.
Poyezd vagonlarida 415 kishi, jumladan, 34 bola bo‘lgan.