Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyada oxirgi sutkada qancha odam koronavirus yuqtirdi?

Rossiyada oxirgi sutkada qancha odam koronavirus yuqtirdi?

So‘nggi 24 soat ichida Rossiyada koronavirus infeksiyasining 8572 ta yangi holati aniqlandi. Bu haqda infeksiya tarqalishini nazorat qilish bo‘yicha tezkor shtab xabar berdi.

Yangi infeksiyalar mamlakatning 84 mintaqasida aniqlandi. Eng ko‘p kasallanish Moskva (2332), Moskva viloyati (773) va Sankt-Peterburgda (369) qayd etilgan. 232 kishi vafot etdi, 8264 bemor davolandi. Pandemiya boshlanganidan beri Rossiyada ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 387 mingdan oshdi.

Avvalroq, 29 may kuni tibbiyot fanlari nomzodi Andrey Kondraxin, cheklovlar yumshatilgandan so‘ng, koronavirus bilan kasallanish xavfi yo‘qolmaganligi haqida ogohlantirgan. Xususan, kinoteatrlar ochilgandan so‘ng tomoshabinlar ichimlik va popkorndan voz kechishlari kerak, chunki barcha jamoat joylarida niqob va qo‘lqop kiyish lozim. Fitness markazlari haqida gapirganda, Kondraxin ijtimoiy masofani saqlashni, shuningdek, xodimlarning fitness jihozlarini dezinfeksiyalashni ta’minlashni tavsiya qildi.

Kiritildi: 13:27 29.05.2020. O'qildi: 2825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!