Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiyada ota va uning o‘g‘illari tojikistonlik oshpazni zo‘rlashdi

Rossiyada ota va uning o‘g‘illari tojikistonlik oshpazni zo‘rlashdi

Rossiyada odam o‘g‘irlash, talon-taroj qilish va jamoaviy zo‘rlashda gumon qilinganlar qo‘lga olindi.

Tafsilotlarga ko‘ra, voqea 15 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Tojikistondan kelgan va Rossiyada yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan 22 yoshli jabrlanuvchining polisiyaga ma’lum qilishicha, "Stachek" prospektida u kulrang Volkswagen Polo mashinasiga o‘tirgan, u yerda esa bir nechta erkak bo‘lgan. Erkaklar uning boshiga futbolka kiydirib, mashina yuvish shoxobchasiga olib borib, u yerda urib, shaxsiy buyumlari, pullarini tortib olib, zo‘rlagan.

Ertasi kuni esa ko‘chaga tashlab ketishgan. Shundan so‘ng restoranlardan birida oshpaz bo‘lib ishlayotgan jabrlanuvchi polisiyaga murojaat qilgan.

Jinoyatda gumon qilingan shaxslar – 55 yoshli ota va uning 26 va 28 yoshli o‘g‘illari tezkor qidiruvda qo‘lga olindi. Nashrning yozishicha, ular Sankt-Peterburgga ishlash uchun kelgan, biroq hech qayerda ishlamagan.

Tergovchilar voqea holatlarini o‘rganmoqda.

Kiritildi: 03:12 21.01.2023. O'qildi: 10769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!