2025 yil 30 iyundan boshlab Rossiyaga kirib kelayotgan migrantlarning shaxsiy va biometrik ma’lumotlari bilan raqamli profil ularning holatini nazorat qilishni osonlashtirish uchun shakllantirila boshlaydi.
Bu haqda Rossiya hukumatining tegishli qarorida aytiladi.
Shu tariqa, 30 iyundan boshlab Rossiyaga istalgan nazorat-o‘tkazish punkti orqali kiruvchi chet el fuqarolari barmoq izlari va fotosuratlarini taqdim etishlari kerak bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlar raqamli profilning asosini ham tashkil qiladi. Raqamli rivojlanish vazirligi xabar qilganidek, xorijliklar o‘zlari xohlasalar, RuID ilovasida raqamli profil yaratishlari mumkin bo‘ladi. Bu tajriba doirasida ishlab chiqiladigan xorijliklar uchun davlat xizmatlarining analogidir. Unda Rossiyaga tashrif haqida xabar berish va mamlakatda xizmatlarni olish mumkin, masalan, tibbiy sug‘urta uchun ariza berish yoki Ichki ishlar vazirligida ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
O‘zgartirishlar Belarusiya fuqarolariga, olti yoshga to‘lmagan bolalarga, diplomatlar va xorijiy davlatlarning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlariga, shuningdek ularning oila a’zolariga, xalqaro tashkilotlar va ularning vakolatxonalarida akkreditasiyadan o‘tgan xodimlariga taalluqli emas.