Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tarkibida spirt bo‘lgan kukunsifat alkogol tushunchasini ifodalovchi va u ishlab chiqarilib Rossiya hududida tarqalishini taqiqlovchi qonunni imzoladi.
Hujjat huquqiy axborot saytida e’lon qilingan.
Avvalroq mamlakat vazirlar mahkamasida tarkibida spirt bo‘lgan kukunsifat mahsulotlar ishlab chiqaruvchining har qanday tavsiyasidan qat’iy nazar u inson sog‘ligi uchun zarar ekani muhokama qilingandi.
Manba: O‘zA