Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiyada ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyada ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi 17 fevral kuni Moskvaning janubi sharqida yuz bergan mushtlashuv chog‘ida vafot etdi.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ularning biri voqea joyida, ikkinchisi esa shifoxonaga yetkazilgan chog‘da vafot etgan.

Moskva tergov qo‘mitasi bosh boshqarmasi RF Jinoyat kodeksining 111-moddasi 4-bandi bilan jinoyat ishi ochgan.

Voqea sabab vafot etgan fuqarolarning ismi shariflari ma’lum qilindi: Nusratov Nodirbek G‘ulomqodirovich (29.10.1989) va Nusratov Otabek (24.10.1987).

Elchixonaning konsullik bo‘limi Rossiya hukumati bilan aloqa o‘rnatdi va vaziyatni nazorat ostiga oldi.

Moskva Tergov qo‘mitasi rahbarining ma’lum qilishicha, 17 fevral kuni Volgograd ko‘chasida joylashgan binoning oldida avtomobillarni yuvish shahobchasi xodimlari ishtirokida mushtlashuv yuz bergan.

Jinoyat sabablarini o‘rganishga qaratilgan tergov harakatlari davom etmoqda.

gazeta.uz

Kiritildi: 15:09 19.02.2019. O'qildi: 1616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!