Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyada ikki nafar shirakayf qiz 10 yoshli bolaga tajovuz qildi

Rossiyada ikki nafar shirakayf qiz 10 yoshli bolaga tajovuz qildi

Sankt-Peterburgda shirakayf qiz tojikistonlik 10 yoshli bolaga jiddiy jarohat yetkazgan. Bu haqda Exo Moskvi xabar berdi.

Bolaning otasi, Tojikiston fuqarosi, tunda polisiyaga murojaat qilgan. Uning farzandi Peterburg kasalxonalaridan birida o‘rtacha darajadagi og‘ir ahvolda yotgan. Bolaga miya chayqalishi deb tashxis qo‘yilgan, shuningdek, boshi va bo‘ynidan kaltak yegani aniqlangan. Polisiya holat yuzasidan tekshiruv ishlarini olib bormoqda va gumonlanayotgan jinoyatchi 2002 yilda tug‘ilgan qizni qidirmoqda.

Huquqni muhofaza qilish xodimlariga xabar berilishicha, ikkinchi gumondor 15 yoshli qiz. Ikki dugona Peterburgning Kirov tumanidagi hovlilardan birida spirtli ichimlik ichgan. Keyin u yerda o‘n yoshli bola bilan tanishishgan. Biroz vaqt o‘tgach, qizlardan kattarog‘i bolani garajlar yaqini olib borgan. Shundan keyin chinqiriq ovozi eshitilgan va 15 yoshli qiz qo‘rqib, qochib ketgan. Ortiga qaytib kelganida esa uni polisiya qo‘lga tushirgan. Bolaga hujum qilgan qiz qayerga ketgani noma’lum.

Polisiya ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilmaganini ma’lum qildi. Chunki voqea to‘liq oydinlashmagan. Jinoyat quroli topilgani ham ma’lum emas.

Kiritildi: 14:58 21.04.2019. O'qildi: 3146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!