Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Rossiyada Grin-karta taqiqlanishi mumkin

A A A
Rossiyada Grin-karta taqiqlanishi mumkin

Davlat Dumasi chet el fuqarolariga AQShda yashash va ishlash huquqini beradigan Grin-kartalarni olish uchun Amerika lotereyasini o‘tkazishni taqiqlashni taklif qildi.                                                                            

Ta’kidlanishicha, bunday qaror Rossiya delegasiyasining bir qismini BMT Bosh assambleyasiga kiritmaslik to‘g‘risidagi qarorga javob bo‘lishi mumkin.

Davlat Dumasi Tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Aleksey Chepa Rossiya AQShning bunday harakatlarini javobsiz qoldirmasligi kerakligini ta’kidladi.

Aniqlanishicha, 2018 yilda 4,5 mingdan ortiq rossiyaliklar AQShga yashil karta dasturi bo‘yicha jo‘nab ketishgan.

Avvalroq, AQSh elchixonasida Rossiya delegasiyasi a’zolariga viza berilmasligi alohida masala deb nomlangan.

 

Kiritildi: 10:30 29.09.2019. O'qildi: 2783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik