Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyada cho‘chqa grippi epidemiyasi avj olmoqda

Rossiyada cho‘chqa grippi epidemiyasi avj olmoqda

Qariyb uch yil davomida asosan koronavirusni jilovlash bilan band bo‘lgan insoniyat endi boshqa epidemiologik kasalliklar bilan ham ro‘baro‘ kelmoqda.

Masalan, uzoq vaqt “uyqu”da bo‘lgan mpox (maymun chechagi), vabo, Ebola, cho‘chqa grippi kabi qator xavfli infeksiyalar so‘nggi oylarda dunyo ahli salomatligiga yana jiddiy xavf sola boshladi.

Xususan, hozir aksariyat davlatlarda gripp virusi avj olgan mavsum. Ustiga-ustak, ayrim mintaqalarda bu epidemiya boshqa yuqumli kasalliklar bilan birga kechyapti.

Xususan, Rossiya Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federal xizmati shu kunlarda mamlakatda cho‘chqa grippi keng tarqalayotgani haqida xabar berdi. Hozirgacha ushbu virus davlatning 55 ta ma’muriy hududida ro‘yxatga olingan.

Xastalikning aniqlanayotgan mutasiyalari orasida A (H1N1), A (H3N2) va B shtammlari ustuvorlik qilyapti.

Mutaxassislarning izohlashicha, bu kasallikni an’anaviy gripp turlaridan alomatlari orqali farqlash qiyin. Chunki yuqori tana harorati, tomoq, bosh va mushaklardagi og‘riqlar, yo‘tal, holsizlik, bezovtalik kabi simptomlar har ikkisiga xos. Shu bois aniq tashxis qo‘yish uchun maxsus PZR testlari talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2009 yilda jahon bo‘yicha ommaviy cho‘chqa grippi epidemiyasi kuzatilgan edi. O‘shanda bir yil davomida 60,8 million nafarga yaqin odam ushbu xastalik bilan kasallangan. Achinarlisi, bemorlardan 12,4 ming nafari infeksiya oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Kiritildi: 11:42 30.11.2022. O'qildi: 2546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!