Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyada allaqachon 11 ming nafar KXDR askari bor

Rossiyada allaqachon 11 ming nafar KXDR askari bor

Rossiyada allaqachon 11 ming nafar KXDR askari bor. Bu haqda Janubiy Koreya Milliy xavfsizlik kengashi xabar berdi.

Koreya Milliy xavfsizlik kengashning yopiq brifingida bildirilgan asosiy ma’lumotlar:

◾️ Rossiyadagi 11 ming shimoliy koreyalik askarning bir qismi mamlakatning g‘arbiy qismiga ko‘chirildi va mashg‘ulotlardan o‘tmoqda;

◾️ Shimoliy Koreya qo‘shinlarining bir qismi Kursk viloyatiga, boshqa bir qismi esa Donbassga yuborilishi mumkin. Seul KXDR askarlari harbiy harakatlarda qatnashganini hozircha tasdiqlay olmaydi;

◾️ Shimoliy Koreya askarlari kelib chiqishini yashirish uchun rus harbiylari kiyimida va rus qurollari bilan qurollangan. Ularni buryatlar deb e’lon qilishi rejalashtirilgan;

◾️ Rossiyadagi KXDR harbiy kontingenti orasida generallar va yuqori martabali zobitlar ham bor. Ammo ularning aksariyati piyoda askarlardir;

◾️ Janubiy Koreya rasmiylari KXDR askarlarining Rossiyada paydo bo‘lishiga qanday munosabatda bo‘lishni hozircha hal qilmagan.

◾️ Agar Seul Kiyevga qurol yetkazib berishga qaror qilsa, bu mudofaa qurollaridan boshlanadi.

Ekspertlarning fikricha, Ukraina allaqachon Janubiy Koreya qurollarini olmoqda, biroq bevosita emas, balki uchinchi davlatlar, masalan, AQSh orqali.

Kiritildi: Bugun 08:25. O'qildi: 451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!