Rossiya Federasiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Venesuela rahbari Nikolas Maduro misolida o‘g‘irlash kabi harakatlarni qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, bunday usullar “Rossiya uslubiga to‘g‘ri kelmaydi”. Matviyenko Rossiya o‘zini xalqaro maydonda hurmatga ega davlat deb hisoblashini va shunday harakatlar mamlakat obro‘siga jiddiy putur yetkazishini qayd etdi.