Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Medvedev: Ukrainaning NATOga kirishi uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Medvedev: Ukrainaning NATOga kirishi uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin

Ukrainaning NATOga qo‘shilishi, agar u keyinchalik Qrimga bostirib kirishga urinsa, uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.

"Qrimga bostirib kirishga har qanday urinish mamlakatimizga qarshi urush e’lon qilishdir. Va agar buni NATOga a’zo bo‘lgan davlat qilsa, bu butun Shimoliy Atlantika alyansi bilan ziddiyat deganidir. Uchinchi jahon urushi. To‘liq falokat", — deya ta’kidladi u.

"Shvesiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishi bizga yangi tahdid hisoblanmaydi. Bu davlatlar avvallari Rossiya bilan juda hurmatli va o‘zaro xayrixoh deyish mumkin bo‘lgan munosabatlarga ega edi. Hududiy nizolar va hatto ularga sabab ham yo‘q".

"Agar ular Ittifoqqa qo‘shilish orqali o‘zlarini yaxshi va xotirjam his qilsalar, omad tilaymiz. NATO Shvesiya va Finlyandiyasiz ham bizning mamlakatimizga yaqin", — deya qo‘shimcha qildi u.

“NATOdagi Ukraina bizning mamlakatimiz uchun ancha xavfli”, - dedi Medvedev. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga “hududiy nizolarning hal etilmagani, shuningdek, hududlar maqomini boshqacha tushunish” sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 12:06 28.06.2022. O'qildi: 3212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!