Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya xavfli qo‘shnimi? Rus deputati Litva mustaqilligini tan olmaslikni ilgari surmoqda

Rossiya xavfli qo‘shnimi? Rus deputati Litva mustaqilligini tan olmaslikni ilgari surmoqda

Litva tashqi ishlar vaziri Gabrielyus Landsbergis “Foreign Policy” nashriga bergan intervyusida Rossiya Federasiyasi Davlat Dumasiga Litva mustaqilligini tan olishdan bosh tortish to‘g‘risidagi qonun loyihasidan qo‘rqishini aytdi.

Davlat Dumasi deputati Yevgeniy Fedorov parlament quyi palatasiga Litva Respublikasi mustaqilligini tan olishni bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi. Gazeta.Ru bilan suhbatda siyosatchi bunday qaror huquqiy sohada “tartibga solish” va “butun dunyo bilan shaffof aloqalar” o‘rnatish imkonini berishini tushuntirdi.

“Men buni Litvaga tahdid, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid deb atagan bo‘lardim va biz bu tahdidlarning barchasiga jiddiy qaraymiz, hatto [taklif qilgan] shaxs Rossiya siyosiy doiralarida siyosiy jiddiyligi bilan tanilgan bo‘lmasa ham”, dedi diplomat.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya “juda xavfli” qo‘shni, shuning uchun ham Vilnyus “Moskvadan keladigan hamma narsaga” katta e’tibor qaratadi.

Kiritildi: 09:55 14.06.2022. O'qildi: 6003 marta. Fikrlar soni: 48 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!