"RBK"ning xabar berishicha, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 25-yig‘ilishida shunday taklif bilan chiqqan.
Uning aytishicha, Pekin SHHTga a’zo manfaatdor davlatlarni Rossiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan dasturda ishtirok etishga chorlayapti.
Xalqaro ilmiy oy stansiyasi (ILRS) - "Roskosmos" va Xitoy milliy kosmik boshqarmasi o‘rtasidagi qo‘shma loyihadir. Rejaga ko‘ra, ob’ekt qurilishi 2031-2035 yillarga mo‘ljallanmoqda.
Xitoyning uzoq kosmosni o‘rganish dasturining bosh ishlab chiqaruvchisi Vu Yanxua ta’kidlaganidek, Xitoy rahbarligidagi baza 2035 yilga kelib Oyning janubiy qutbidan 100 km radiusda ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Oyda xalqaro ilmiy stansiya qurish loyihasi ilk bor 2021 yilda paydo bo‘lgan edi. Oyning janubiy qutbidagi inshoot 100 km radiusda tadqiqot olib borish imkonini beradi.