Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiya va Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashida AQSh va Yaponiyaning ommaviy qirg‘in qurollarini koinotga joylashtirmaslik to‘g‘risidagi rezolyusiya loyihasiga veto qo‘ydi

Rossiya va Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashida AQSh va Yaponiyaning ommaviy qirg‘in qurollarini koinotga joylashtirmaslik to‘g‘risidagi rezolyusiya loyihasiga veto qo‘ydi

Rossiya va Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashida AQSh va Yaponiyaning ommaviy qirg‘in qurollarini koinotga joylashtirmaslik to‘g‘risidagi rezolyusiya loyihasiga veto qo‘ydi.

Moskva va Pekin hujjat matniga koinotda har qanday qurolni joylashtirishni doimiy ravishda man etishni talab qiluvchi tuzatish kiritilishini talab qilmoqda. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonotida ham veto qo‘yilishiga aynan shu jihat sabab bo‘lganligi qayd etilgan.

Rossiya BMTga koinotda qurol joylashtirishni taqiqlash bo‘yicha o‘z rezolyusiya loyihasini taqdim etishga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vashington Moskvani koinotda yadro qurolini joylashtirmoqchi ekaniligi haqida xabar bergan, lekin, Rossiya rasmiylari bu ayblovlarni rad etgan edi.

Kiritildi: 09:02 25.04.2024. O'qildi: 476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!