Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiya va Venesuela mamlakatlar o‘rtasidagi savdo hajmini oshirishni muhokama qildi

Rossiya va Venesuela mamlakatlar o‘rtasidagi savdo hajmini oshirishni muhokama qildi

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Borisov va Venesuela tashqi ishlar vaziri Karlos Fariya Moskvada muzokaralar o‘tkazdi, asosiy e’tibor o‘zaro savdoni ko‘paytirish va diversifikasiya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga qaratilgan masalalarni muhokama qildi, deya xabar beradi hukumat sayti.

Tomonlar tovar ayirboshlashni yanada oshirish va diversifikasiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni muhokama qildilar. 2021 yil yakuniga ko‘ra, bu ko‘rsatkich yillik 50 foizga, 2022 yilning to‘rt oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26 foizga oshgan.

“Rossiya va Venesuela energetika va sanoat kabi an’anaviy sohalardagi muvaffaqiyatli ishlardan tashqari transport, qishloq xo‘jaligi, farmasevtika va yuqori texnologiyalar sohalarida yaqin hamkorlikni yanada kengaytirish niyatida”, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 22:17 06.07.2022. O'qildi: 2939 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!