Ruslar tomonidan asirga olingan yuzdan ortiq ukrainalik harbiylar navbatdagi asirlar almashinuvi natijasida vataniga qaytishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak ma’lum qildi.
Qaytganlar orasida o‘q va shrapneldan yaralangan, kuyish yoki biror a’zosi kesilgan odamlar ko‘p. Qaytganlardan 74 nafari «Azovstal» mudofaasida qatnashgan askarlardir.
Ukraina hukumati asirlar almashinuviga maksimal darajada e’tibor qaratmoqda. Tarmoq asirlikdan qaytgan sog‘lom, butun va baxtli ukrainaliklarning fotosuratlari va videolari bilan to‘lgan. Uyga qaytgan rossiyaliklar ochiq gapirishmaydi, ammo jurnalistlar bilan suhbatda ular almashinuvdan mamnun ekanliklarini va qarindoshlarini ko‘rishni xohlashlarini tan olishgan.
Eslatib o‘tamiz, 29 oktyabr kuni navbatdagi asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tgan edi, Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, unda «50 dan 50 gacha» formulasi bo‘yicha mahbuslarni almashtirish amalga oshirilgan.