Bu haqda Vladimir Putin va Muhammad ibn Salmonning qo‘shma bayonotida so‘z boradi. Bayonotdagi asosiy fikrlar:
🔸o‘zaro savdoni kengaytirish va diversifikasiya qilish bo‘yicha birgalikdagi ishlar davom ettiriladi;
🔸o‘zaro va qo‘shma investisiyalar ko‘paytiriladi;
🔸ikki davlat xususiy sektori o‘rtasida muloqot faollashtiriladi;
🔸neft va gaz sohasida hamkorlik kengaytiriladi;
🔸yangi texnologiyalarni, jumladan, sun’iy intellektni energiya sohasida qo‘llash boshlanadi;
🔸mudofaa sohasida hamkorlik mustahkamlanadi;
🔸xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashga qaratilgan harakatlarni muvofiqlashtirish va faollashtirish davom ettiriladi.