Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiya va BAA tovushdan tez uchadigan biznes-samolyotni ishlab chiqadi

Avto / Xorij A A A
Rossiya va BAA tovushdan tez uchadigan biznes-samolyotni ishlab chiqadi

Rossiya va Birlashgan Arab Amirliklari tovushdan tez uchadigan yo‘lovchi biznes jetini ishlab chiqish va yaratish bilan shug‘ullanuvchi qo‘shma korxona tuzadi. Bu haqda Rossiya savdo-sanoat vaziri Denis Manturov ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».

Rossiya tomonidan loyihada Birlashgan aviasozlik korporasiyasi yoki uning sho‘’ba korxonalaridan biri, BAA tomonidan esa Mubadala fondi qatnashadi.

Vazirning aniqlik kiritishicha, hozircha qo‘shma korxonada kimning ulushi qancha bo‘lishi masalasi aniqlashtirilmagan.

Biznes-samolyot ikki xil — sig‘imi sakkiz kishigacha va 30 kishigacha bo‘lgan versiyada yaratiladi. Shu yil oxirigacha samolyotning tashqi ko‘rinishi ishlab chiqilishi mumkin. «Asosiy parametrlar esa menimcha, 80 foizga aniqlashtirilgan: bu 1,5—1,8 Max’ga teng tezlik. 1,8 Max tezlikda kamida to‘rt soat uchish mumkin», — dedi Manturov.

Tovushdan tez uchadigan biznes-jetni yaratish bo‘yicha tadqiqot ishlari Rossiyada 2017 yildan buyon davom etmoqda. 2019 yilda Manturov bu ishlar 1,4 milliard rublga tushganini aytgan edi.

Kiritildi: 17:49 21.02.2021. O'qildi: 2504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!