Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Ukrainaga bostirib kirmagan

Rossiya Ukrainaga bostirib kirmagan

Lavrovning ta’kidlashicha, Kiyevning NATOga jinoiy aloqadorligini G‘arbga ko‘rsatishning boshqa yo‘li qolmagani uchun maxsus operasiya e’lon qilingan.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirmagan, Kiyevning NATOga jinoiy aloqadorligini G‘arbga ko‘rsatishning boshqa yo‘li qolmagani uchun maxsus operasiya e’lon qilingan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlari vaziri Sergey Lavrov nayshanba kuni BBC’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Biz Ukrainaga bostirib kirganimiz yo‘q. G‘arbga uning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgani, Ukrainani NATOga jalb qilayotgani, neonasistlar tuzumini asrab-avaylashi, homiyligi va tarbiyasi haqida tushuntirishga imkonimiz qolmagani uchun maxsus harbiy operasiya e’lon qildik. Vladimir Zelenskiyning 2021 yilning sentyabrida “Agar kimdir Ukrainada o‘zini rus odamidek his qilsa, Rossiyaga ketsin” degandi”, - deydi Lavrov.

Vazirning ta’kidlashicha, Rossiyada “boshqa yo‘li qolmagan edi” va Moskva buni “ko‘p, ming marta tushuntirgan”.

“Hozir Ukraina rejimi tinch aholiga, shaharlarga g‘arb qurollari bilan hujum qilmoqda” deya qo‘shimcha qildi u.

“Biz hech kimga hujum qilganimiz yo‘q. Ular Ukrainadagi ruslarga hujum qildi”, dedi Rossiya diplomatiyasi rahbari.

Kiritildi: 20:03 17.06.2022. O'qildi: 3802 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!