Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiya Ukrainaga 130 dan ortiq hujumkor dronlar bilan hujum qildi

Rossiya Ukrainaga 130 dan ortiq hujumkor dronlar bilan hujum qildi

16 oktyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina bo‘ylab 136 ta dron va ikkita raketani uchirdi, deb xabar berdi Ukraina Havo kuchlari Telegramʼda. «Dushman Donesk oblastiga hududning bosib olingan qismidan S-300/400 zenit raketasi bilan, Kursk oblasti havo hududidan Chernihivga X-59 boshqariladigan aviasion raketasi, shuningdek, 136 ta uchuvchisiz uchoqlar bilan hujum qildi», deyiladi xabarda. Uchirish holatlari Kursk, Orel va Primorsko-Axtarsk rayonlaridan amalga oshirildi.

Ukraina Qurolli kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukrainaning 14 oblastida 51 ta dronni urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan, radioelektron kurash tizimlarining ishlashi natijasida yana 60 ta dron Ukrainaning bir qator mintaqalarida «yo‘qotilgan». Harbiy hisobot e’lon qilingan vaqtda yana 20 ta dron Ukraina havo hududida bo‘lgan va ikkitasi Rossiya Federasiyasiga qaytib ketgan.

Kiritildi: 11:40 17.10.2024. O'qildi: 920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!