Departamentga ko‘ra, Kiyev qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rish doirasida "oldindan tayyorlangan va maqsadli terrorchilik akti"ni rejalashtirgan.
"Ukraina qurolli kuchlari GESni ommaviy ravishda o‘qqa tutdi va Dnepropetrovsk GESining suv o‘tkazgichlarini ochib, Kaxovka suv omboridagi suv sathini ataylab favqulodda darajaga keltirdi", — deyiladi Rossiya TIV bayonotida.
Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashi, YEXHTning nizom va siyosiy organlari va boshqa xalqaro tashkilotlarda "Kiyev rejimi jinoyati"ni ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqdi.
Rossiya, shuningdek, jahon hamjamiyatini mintaqaviy va global xavfsizlikka tahdid soladigan "Kiyevning jinoiy harakatlarini qoralashga" chaqirdi.