Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiya terrorizmga homiylik qiladi(mi?)

Rossiya terrorizmga homiylik qiladi(mi?)

INTERFAX.RU ning xabar berishicha, AQSh senatorlaridan bir guruhi Rossiyaning terrorizmga homiylik qilishiga aniqlik kiritish taklifi bilan chiqdi.

Senatning tashqi ishlar qo‘mitasi tomonidan tarqatilgan xabarda senatorlar davlat departamenti Rossiyani terrorizmga homiy davlat deb hisoblash uchun ma’lum mezonlarga mos kelishiga aniqlik kiritishi lozim deb hisoblaydi.

Shuningdek, ular AQSh ma’muriyatidan Rossiya Prezidenti aktivlari hamda rossiyalik oppozisioner Boris Nemsov o‘limi holati bo‘yicha ma’ruza tayyorlashni so‘ragan.

Senat a’zolari ichki ishlariga Kreml tomonidan aralashuvdan aziyat chekkan Yevropa mamlakatlariga yordam ko‘rsatuvchi maxsus jamg‘arma faoliyatini tiklashni talab etmoqda.

Hujjatda davlat departamentining sanksiyalarni joriy etish harakatlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy tuzilmasini kuchaytirish zarurligi ham aytib o‘tilgan.

Bu takliflarning barchasi besh senatordan tashkil topgan guruh tomonidan Senatga taqdim etilgan qonun loyihasida o‘z aksini topgan.

Eslatib o‘tamiz, bir oz ilgari AQSh senatorlari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etgan edi. ​​

Manba: O‘zA

Kiritildi: 17:03 14.02.2019. O'qildi: 2391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!