Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Tergov qo‘mitasi: «Krokus» terakti bo‘yicha 27 nafar ayblanuvchi bor

A A A
Rossiya Tergov qo‘mitasi: «Krokus» terakti bo‘yicha 27 nafar ayblanuvchi bor

Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi terakt bo‘yicha ochilgan jinoyat ishiga 27 nafar ayblanuvchini jalb qildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin «Rossiyskaya gazeta»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Bastrikinning ta’kidlashicha, 27 nafar ayblanuvchidan tashqari, teraktni tashkil etish, tayyorlash va moliyalashtirishga aloqadorlikda gumonlanayotgan boshqa shaxslar ham tergov qilinmoqda.

Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus» terakti ishi bo‘yicha ayblanuvchilar o‘rtasida «yagona pul yig‘ish markazi» orqali moliyaviy aloqalarni aniqlagan va uni tekshirish davom etmoqda.

Bastrikin 146 kishi halok bo‘lgan teraktni o‘tgan yilning eng jiddiy va fojiali voqeasi deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, terakt 2024 yil 22 mart kuni kechqurun Moskva viloyatining Krasnogorsk shahridagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir bo‘ldi. Zalga qurollangan shaxslar bostirib kirib, tomoshabinlarga qarata o‘q uzdi. Shundan so‘ng portlash sodir bo‘lib, yong‘in chiqdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, teraktda 146 kishi halok bo‘lgan, yana 551 kishi jarohatlangan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi terrorchilik harakati (Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) may oyida yana 20 nafar shaxs hibsga olingani haqida xabar berdi.

Kiritildi: Bugun 18:42. O'qildi: 611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!