Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiya rubli dizayni yangilanadi

Rossiya rubli dizayni yangilanadi

Rossiya rubllari dizayni yangilanadi. Banknotalarni yangilash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda «Vesti».

Xabarda ta’kidlanishicha, kelgusi yildan yangilangan 100 rubl, 2023 yildan 1000 va 5000 nominalli kupyuralar chiqariladi.

Rossiya Markaziy bankiga ko‘ra, jami olti nominaldagi qog‘oz pul dizayni o‘zgartirilib, hammasi 200 va 2000 rubllik pullarga o‘xshash dizaynga keltiriladi.

Kupyuralarning nafaqat ranglari, balki ulardagi shaharlar, yodgorliklar, binolar tasvirlari ham o‘zgaradi. Ammo o‘zgarishga undagan narsa faqat tashqi ko‘rinish emas.

Pullardagi suv belgilaridan iborat himoya tizimini takomillashtirish taqozo qilinyapti. Ular so‘nggi marotaba yangilanganiga 10 yildan oshgan.

Rossiya Markaziy bankiga ko‘ra, eski namunadagi rubllar 2035 yilgacha muomalada qoladi.

Kiritildi: 12:32 27.03.2021. O'qildi: 5009 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!