Rossiya Qurolli kuchlarining Poltavadagi o‘quv markaziga bergan zarbalari natijasida halok bo‘lganlar soni 53 kishiga yetdi.
Bu haqda favqulodda vaziyatlar davlat xizmatiga tayanib, "RBK-Ukraina" xabar berdi.
Bundan tashqari, 271 kishi jarohatlangan. 25 kishini qutqarish mumkin bo‘lgan, ulardan 11 nafari vayronalar ostidan ozod qilingan.
Qutqaruvchilarning qayd etishicha, besh kishi olti qavatli o‘quv binosi vayronalari ostida qolgan bo‘lishi mumkin.