Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiya: "Qirg‘izistondagi mojaro o‘ta xavfli nuqtaga yetdi"

Rossiya: "Qirg‘izistondagi mojaro o‘ta xavfli nuqtaga yetdi"

Rossiya tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin Qirg‘izistondagi mojaro yuzasidan izoh berdi.

Unga ko‘ra, sobiq prezident lavozimidan ketishi bilan kelishmovchilik boshlandi.

“Almazbek Atambayev va amaldagi hukumat o‘rtasida mojaro, sobiq prezident o‘z vakolatlarini topshirishi bilan, birinchi oylarning o‘zida kelishmovchilik boshlandi. Afsuski, shu kunlarda mojaro juda xavfli nuqtaga yetdi”, - dedi Narishkin.

Razvedka xizmati rahbari Rossiya hukumati tomonlarni vazminlikka chaqirayotganini aytdi.

“Biz albatta qardosh bo‘lgan xalq, mamlakat taqdiri tashvishga solmoqda. Rossiya hukumati vakillari tomonlarni vazminlikka chaqirmoqda”, - dedi Rossiya tashqi razvedka xizmati rahbari.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 avgust kuni Qirg‘iziston maxsus kuch ishlatar bo‘linma harbiylari sobiq prezident Almazbek Atambayevning Qo‘y-Tosh qishlog‘ida joylashgan qarorgohiga bostirib kirdi. Harbiylar sobiq prezidentni qo‘lga olish bo‘yia maxsus amaliyot o‘tkazishdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlar oqibatida jami bir nafar maxsus bo‘linma harbiysi halok bo‘ldi va 45 kishi jarohatlandi.

 

Kiritildi: 18:18 08.08.2019. O'qildi: 2560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!