Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiya Prezidenti qayta emlanishi mumkin

Rossiya Prezidenti qayta emlanishi mumkin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus infeksiyasiga qarshi qayta emlanishi mumkin. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Rossiya» telekanali efirida aytib o‘tdi.

Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, Putin ekspertlar tavsiyasidan keyin qayta emlanish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

«Men bunga shubha qilmayman. Hammasi mutaxassislarning maslahatiga bog‘liq», dedi Peskov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, avvalroq Putin o‘zida antitanachalar titri yuqori darajada ekani haqida aytgan edi. Shu bois endi qayta emlanish tibbiy ekspertlar Rossiya prezidentiga nimani tavsiya qilishiga bog‘liq bo‘ladi.

Kiritildi: 21:25 17.10.2021. O'qildi: 2186 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!