Bugun 3 iyul, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiya prezidenti KXDR yetakchisiga sovg‘a qilgan Aurus avtomobilida Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan qismlar bo‘lgan — Reuters

Rossiya prezidenti KXDR yetakchisiga sovg‘a qilgan Aurus avtomobilida Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan qismlar bo‘lgan — Reuters

Agentlikning yozishicha, mazkur avtomobilni ishlab chiqaruvchi Aurus Motors kompaniyasi Kim Chen In o‘z mamlakatining “asosiy dushmani” deb atagan Janubiy Koreyadan import qilingan millionlab dollarlik ehtiyot qismlardan foydalanadi, bu Rossiyaning G‘arb texnologiyalariga qaramligi davom etayotganidan dalolat beradi.

2018 yildan 2023 yilgacha Aurus avtomobillari va motosikllarini yig‘ish uchun agentlik tomonidan ko‘rib chiqilgan bojxona hujjatlariga ko‘ra, Rossiya chet eldan kamida 34 million dollarlik asbob-uskunalar va butlovchi qismlarni olgan. Janubiy Koreyadan qariyb 15,5 million dollarlik avtomobil kuzov qismlari, sensorlar, dasturlashtiriladigan kontrollerlar, kalitlar, payvandlash uskunalari va boshqa butlovchi qismlar keltirildi. Ehtiyot qismlar Xitoy, Hindiston, Turkiya va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan ham kelgan.

Kiritildi: 22:33 28.06.2024. O'qildi: 803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!