Rossiya Ozarbayjon va hamkorlari bilan Qorabog‘dagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun ishlamoqda, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. RIA Novosti xabariga asosan.
"Bizning tinchlikparvar kuchlarimiz bu vaziyatda qo‘lidan kelganini qilmoqda. Biz Qorabog‘dan Rossiyaga ketmoqchi bo‘lgan odamlarni to‘xtata olmaymiz. Biz ozarbayjonlik hamkasblarimiz va qo‘shnilarimiz bilan Qorabog‘dagi vaziyatni barqarorlashtirish ustida ishlayapmiz", - dedi Lavrov Valday klubining yig‘ilishi yakunida.