Payshanba kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligi NATOning Shimoliy Atlantika bitimi Moskvaga turli ayblovlar qo‘yib, Shimoliy Yevropa va Boltiq dengizi mintaqasida harbiy harakatlarni kengaytirayotganini aytdi.
Bu haqida haftalik matbuot anjumanida Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova aytib o‘tdi. U Rossiyaga NATO tomonidan qo‘yilgan ayblarni matbuot anjumani davomida tahlil qilib berdi.
Shimoliy Atlantika bitimi bergan bayonotda Rossiyaning so‘nggi vaqtlardagi harakatlari xavfsizlik va barqarorlikka rahna solayotganini aytgan. Zaxarova bunga javoban Rossiyaga qo‘yilayotgan ayblar biror dalilga asoslanmaganini aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga qo‘yilayotgan ayblardan ma’lum bir maqsadlar ko‘zlangan. Zaxarova: Shimoliy Atlantika bitimi shuni bahona qilib Shimoliy Yevropa va Boltiq dengizi mintaqasida harbiy harakatlarni kengaytiryapti, dedi.
U shuningdek, AQSh prezidenti Trampning Germaniyaga Rossiyaga tobeligi haqida berilgan savolga ham javob berdi. “Germaniyada AQShning 35 ming askari bor. Biz bilan esa faqat savdo aloqalari bor. AQShning harbiylari u yerda bo‘lsa, “Kim haqiqatda Germaniyaga bosim o‘tkazadi?” degan savolga javob berish kerak bo‘ladi”, deb javob berdi.
Manba: azon.uz