RF prezidenti “Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida nutq so‘zladi. Uning asosiy bayonotlari:
▪️Agar kimdir Rossiya bilan tenglashmoqchi bo‘lsa, marhamat — urinib ko‘rsin. Biz Yevropaning harbiylashuviga o‘z javobimizni tezda beramiz.
▪️Bugun dunyoda vaziyatga ta’sir o‘tkazishga intilgan davlatlar soni tarixda hech qachon bunchalik ko‘p bo‘lmagan.
▪️Rossiya ikki marta NATOga qo‘shilishga tayyorligini bildirgan, ammo ikkalasida ham rad etildi.
▪️Biz G‘arb bilan hamkorlikka tayyor edik, lekin ular stereotiplardan voz kechmadi. Ular hanuz mutlaq hokimiyat vasvasasidan qutula olmayapti.
▪️ Bir narsani aniq aytaman: dunyoda hammaga nimani qilishni buyuradigan mutlaq kuch yo‘q va hech qachon bo‘lmaydi.
▪️Dunyoda barqaror yechim faqat barchani yoki ko‘pchilikni qoniqtiradigan kelishuv asosida bo‘lishi mumkin.
▪️Rossiyaga qarshi qo‘llanilgan jazo choralari to‘liq barbod bo‘ldi.