Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiya NATO uchun eng katta uzoq muddatli tahdid

 Rossiya NATO uchun eng katta uzoq muddatli tahdid

NATO bosh kotibi Mark Ryutte Anqarada bo‘lib o‘tayotgan sammitda Rossiyani Alyans uchun hozirgi va uzoq muddatli eng asosiy tahdid deb atadi.

«Rossiya hozir ham, uzoq istiqbolda ham eng katta tahdiddir», — dedi Ryutte. U bu fikrini Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va Moskva harbiy qudratini kuchaytirayotgani bilan izohladi.

«Biz Ukrainaga qarshi aqlga sig‘maydigan tajovuzkor urushni ko‘ryapmiz. Unda Putin 35 ming nafar o‘z askarini qurbon qilishga tayyor», — deya qo‘shimcha qildi NATO bosh kotibi.

Ryutte, shuningdek, NATO uchun xavf-xatarlar faqat Rossiya bilan cheklanmasligini ta’kidladi.

«Rossiya Shimoliy Koreya, Eron va Xitoy bilan hamkorlik qilmoqda. Aynan shu to‘rtlik biz duch kelayotgan asosiy uzoq muddatli tahdiddir», — dedi u.

Bu bayonot sammit yakunlari bo‘yicha qabul qilinishi kutilgan Anqara deklarasiyasiga ham kiritiladi. 32 davlat elchilari ma’qullagan hujjat loyihasiga ko‘ra, Rossiya «Evroatlantika xavfsizligi va barqarorligi uchun uzoq muddatli tahdid» sifatida baholanadi.

Ryutte o‘z chiqishida Turkiyaning NATO uchun strategik ahamiyatiga ham alohida to‘xtaldi.

«Turkiya NATO uchun nihoyatda muhim davlat. Sizlar Alyansdagi eng kuchli armiyalardan biriga egasizlar — yaxshi jihozlangan va yuqori darajada tayyorlangan qo‘shinlarga», — dedi NATO bosh kotibi.

Kiritildi: 22:41 08.07.2026. O'qildi: 1075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!