Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya ilk bor odamsimon robotni fazoga uchirdi (video)

Rossiya ilk bor odamsimon robotni fazoga uchirdi (video)

Rossiya ilk bor odamsimon “Fyodor” robotini “Soyuz MS-14” raketasida fazoga uchirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Qozog‘istondagi Baykonur kosmodromidan mahalliy vaqt soat 06:38 da parvozga start berildi. “Fyodor” roboti Yuriy Gagarinning mashhur iborasini (Poyexali! Poyexali!) aytib parvozni boshladi.

Raketa 8 daqiqa 49 sonidan so‘ng orbitaga chiqib, xalqaro kosmik stansiyasi (MKS)ga yo‘l oldi. “Soyuz MS-14" fazo kemasi MKSga ikki sutka davomida parvoz qiladi. Robot orbitada 17 sutka bo‘ladi.

 

Kiritildi: 17:16 22.08.2019. O'qildi: 1243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!