Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiya hukumati immigrasiya tashkilotchilarining mol-mulkini musodara qilishni qo‘llab-quvvatladi

Rossiya hukumati immigrasiya tashkilotchilarining mol-mulkini musodara qilishni qo‘llab-quvvatladi

Rossiya hukumati noqonuniy immigrasiyani tashkil qilganlik uchun mulkni musodara qilishni nazarda tutuvchi tashabbusni qo‘llab-quvvatladi, deb yozadi «RIA Novosti». Tashabbus Davlat Dumasi deputati Pyotr Tolstoy tomonidan ilgari surilgan.

Rossiya qonunchiligida hozirda noqonuniy immigrasiya tashkilotchilari jinoiy til biriktirilgan yoki yo‘qligiga qarab besh yoki yetti yillik qamoq jazosi va jarimalar bilan jazolanadi.

Petr Tolstoyning aytishicha, noqonuniy immigrasiyani tashkil etish moddasi bo‘yicha jinoiy ishlar ko‘paygani sababli, ushbu jinoyatlar tashkilotchilaridan jazoni kuchaytirish va mol-mulkni musodara qilish zarurati tug‘iladi.

Gap shaxsiy manfaatlar uchun noqonuniy immigrasiyani tashkil qilganlik uchun jazo haqida ketmoqda.

Kiritildi: 15:00 24.06.2024. O'qildi: 916 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!