Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiya ham Britaniyaga qarshi javob sanksiyalarini qo‘lladi

Rossiya ham Britaniyaga qarshi javob sanksiyalarini qo‘lladi

Rossiya Hukumati Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasining 154 nafar a’zosiga shaxsiy cheklovlar kiritdi va ularning mamlakatga kirishini taqiqladi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda keltirilgan.

“Hozirda mamlakatimizga kirishi taqiqlangan bu shaxslar Londonda Rossiyani siyosiy yakkalab qo‘yish va uning iqtisodiyotini yo‘q qilish uchun sharoit yaratishga qaratilgan sanksiyalarni ishlab chiqishga bevosita hissa qo‘shgan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bu Buyuk Britaniya hukumatining joriy yilning mart oyida Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashining deyarli butun tarkibini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi qaroriga javobdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya Ukrainadagi harbiy “maxsus operasiya” munosabati bilan bir qator rossiyaliklar va Rossiya kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy qilgan edi. Sanksiyalanganlar orasida Rossiya Prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkin, Mudofaa vaziri o‘rinbosari Nikolay Pankov va “Rostex” davlat korporasiyasi bosh direktori Sergey Chemezov ham bor.

Kiritildi: 21:26 24.05.2022. O'qildi: 4983 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!