Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiya g‘alabalarni sotib oldimi?

Rossiya g‘alabalarni sotib oldimi?

Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati mezbonlar uchun yakuniga yetdi. Rossiya fantastik o‘yinlar namoyish etib, mundialning chorak finaliga qadar yetib keldi. Bu yo‘lda hatto Ispaniya terma jamoasi taslim etildi. Ruslar yarim finalga chiqishga ham juda yaqin kelishdi, ammo bu safar Xorvatiya terma jamoasi Rossiyadan omadni tortib oldi.

Rossiyaning turnirdagi ishtirokiga ortiqcha ta’rif berish shart emas. Vladimir Putin mamlakat sharafini himoya qilgan futbolchilardan minnatdor, ruslar ham terma jamoadan aslo norozi emas. Axir guruhdan chiqishi ham shubha ostida turgan jamoa chorak finalga yetib kelsa, bu maqtashga arzigulik holat. Shu o‘rinda bir savolga javob berib o‘tmoqchimiz. Xo‘sh, Rossiya chindan ham g‘alabalarni sotib oldimi? Ayni damda shunday mazmundagi fikrlar "bolalayapti". Rossiyaning natijalarini "sotib olingan" deya baxolashyapti. Aslida-chi, Rossiyaning muvaffaqiyati sun’iymi? Keling, Yaponiya hamda Janubiy Koreya maydonlarida bo‘lib o‘tgan mundialni yodga olaylik. O‘shanda Janubiy Koreya terma jamoasi, ya’ni mezbonlar agar adashmayotgan bo‘lsak, 4-o‘rinni egallashgandi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan o‘yinda Turkiyaga yutqazishgandi va ana shu o‘yingina chin ma’noda haqqoniy bo‘lgandi. Qolgan o‘yinlarda esa koreyslar shubhali tarzda zafar quchishgan, bosh hakamlar esa mezbonlarga yordam qo‘lini cho‘zishgandi. Xo‘sh, bu gal shunday holat bo‘ldimi? Bosh hakam yoki yordamchi hakamlar Rossiya foydasiga ishlashdimi? Yo‘q joydan penalti berildimi? Yo‘q, Ispaniyaga qarshi o‘yindagi penalti haqqoniy edi, chunki Pike qo‘lini ishlatgandi. Saudiya Arabistoni va Misr esa adolatli tarzda mag‘lub etildi.

Rossiyaning g‘alabalariga, bunday omadli natijasiga faqat bir omil sabab — vatanparvarlik. Ruslar bu galgi mundialda vatanga bo‘lgan mehr, vatanparvarlik kerak bo‘lsa mo‘jizalarga sabab bo‘lishini isbotlashdi. Rossiya jahon chempionatining kashfiyotiga aylandi. Shuning uchun “Rossiya g‘alabalarni sotib olgan”, degan fikrlar mutlaqo asossiz.

Fikrimiz so‘nggida ruslarni omaldi ishtirok bilan tabriklaymiz va mundialda qolgan jamoalarga omad tilaymiz.

Kiritildi: 02:12 08.07.2018. O'qildi: 8202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!