Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya Federasiyasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonda

Rossiya Federasiyasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonda

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasining iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasining fan va ta’lim bo‘yicha tarkibiy komisiyasi hamraisi M.Borovskaya joriy yil 9 sentyabr kuni O‘zbekistonga keldi.O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasining iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasining fan va ta’lim bo‘yicha tarkibiy komisiyasi hamraisi M.Borovskaya joriy yil 9 sentyabr kuni O‘zbekistonga keldi. Bu haqda aniq.uz nashriga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida M.Borovskaya rahbarligidagi delegasiya bugun, 9 sentyabr kuni «MISiS» Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq filialida bo‘ldi. Mehmonlar filialning o‘quv va ilmiy tadqiqot faoliyati, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. O‘quv laboratoriyalari, o‘quv xonalari delegasiya a’zolarida yaxshi taassurot  qoldirdi. Talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan bo‘lgan muloqot chog‘ida o‘quv jarayoni samaradorligini yanda oshirish, o‘quv laboratoriyalari, axborot kutubxonalarini yanada boyitish xususida fikr almashildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari kengayib borayotganligi alohida qayd etildi.

Ertaga, 10 sentyabr kuni Oliy va o‘rta masxus ta’lim vaziri I.Madjidov va Rossiya Federasiyasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari M.Borovskaya ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasining iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasi fan va ta’lim bo‘yicha tarkibiy komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 19:07 09.09.2019. O'qildi: 1554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!