Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiya Yevropa davlatlari bilan urushmoqchi emas...

A A A
Rossiya Yevropa davlatlari bilan urushmoqchi emas...

Agar Yevropa urushni boshlasa, Rossiya bunga hozirning o‘zidayoq tayyor, dedi Vladimir Putin

Rossiya prezidentining boshqa bayonotlari:

◾️ Yevropaning o‘zi Ukraina bo‘yicha kelishuv jarayonidan chiqib ketdi;

◾️ Yevropaliklarning tinchlik bo‘yicha aniq rejasi yo‘q va ular Qo‘shma Shtatlarning mojaroga barham berish bo‘yicha sa’y-harakatlariga xalaqit bermoqda;

◾️ Yevropa Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasiga Rossiya uchun qabul qilib bo‘lmaydigan takliflar kiritmoqda;

◾️ Rossiya yevropaliklar real vaziyatni inobatga olsa, ularning Ukrainaga doir muzokaralarga qaytishiga qarshi emas;

◾️ Qora dengizdagi tankerlarning hujumga uchrashi qaroqchilikdir. Agar Ukraina qaroqchilik harakatlarini davom ettirsa, Rossiya uni dengizdan butunlay uzib qo‘yishi mumkin;

◾️ Rossiya tankerlarga hujumga javoban Ukraina portlariga hamda bu portlarga kirayotgan kemalarga zarbalarni kengaytiradi.

Kiritildi: 21:52 02.12.2025. O'qildi: 1844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!