Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya bilan o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik qilinadi

A A A
Rossiya bilan o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik qilinadi

2023 yilning 25–28 noyabr kunlari Rossiya Federasiyasining Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan tashkil qilingan professional ta’lim muassasalari o‘rtasida kadrlarni ommaviy tayyorlash yo‘nalishlarida kasbiy mahorat bo‘yicha birinchi marta “Professionallar” chempionati o‘tkazildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish markazi vakillari hamda Shayxontohur tumani, Namangan tumani 1-son, Pop tumani 3-son, Nukus shahar 2-son hamda Vobkent tumani 2-son kasb-hunar maktablari direktorlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirlar doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlarda O‘zbekiston hamda Rossiya vakillari o‘rtasida o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Kiritildi: 09:18 30.11.2023. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!