Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiya aholisi kamaymoqda?!

Rossiya aholisi kamaymoqda?!

Rossiyaning doimiy aholisi 2020 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 2019 yil boshlanishiga nisbatan 32 ming 622 kishiga kamayib (0,2 foiz), 146 mln 745,1 ming kishini tashkil qildi. Bu haqda Rossiya davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Rossiya aholisi 2018 yilda 99,7 ming kishiga qisqargandan keyin qatorasiga ikkinchi yil kamaymoqda. Bungacha, ya’ni 2009 yildan 2017 yilgacha Rossiya aholisi uzluksiz ko‘payib kelgan. Rosstat prognoziga ko‘ra, Rossiya aholisi 2026 yilgacha qisqarib boradi.

Rossiyadagi joriy demografik vaziyat aholining 2016 yildan boshlab tobora jadallashib borayotgan tabiiy kamayishi va kamayishni qoplay olmayotgan migrasiya o‘sishi bilan ifodalanmoqda.

Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada 2019 yilning 11 oyida aholining tabiiy kamayishi 285,7 ming kishini, mamlakatga sof migrasiya qiymati esa 222,7 ming kishini tashkil qilgan.

Rosstatning demografik prognoziga ko‘ra, aholining tabiiy kamayishi 2026 yilda eng yuqori ko‘rsatkichni (583,5 ming kishi) tashkil qiladi, migrasiya oqimi esa bu sonning yarmini ham qoplay olmaydi. Bu holat birinchi navbatda tug‘ilishning kamayishi bilan bog‘langan. Prognozlarga ko‘ra, tug‘ilish koeffisiyenti (bir ayolga to‘g‘ri keladigan bolalar soni hisobida) joriy 1,5 dan 2025 yilda 1,42 gacha kamayadi.

Rossiya hukumati 2024 yilgacha tug‘ilish koeffisiyentini 1,7 gacha oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Buning uchun onalik kapitalini 2020 yildan boshlab birinchi farzand tug‘ilishi bilan berish boshlanadi, dasturning o‘zi esa 2026 yilgacha uzaytiriladi. Hozirda bu dastur faqatgina ikkinchi farzandga qo‘llanib, 2021 yilgacha amal qilishi belgilangan. Onalik kapitalining umumiy qiymati 466,6 ming rubldan 616,6 ming rublgacha (ikki farzandli oila uchun) oshiriladi.

Kiritildi: 19:11 24.01.2020. O'qildi: 3049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!